“Siz Yevropani qanchalik yaxshi bilasiz?” mavzusidagi Nima? Qaerda? Qachon? intellektual o'yini
02.12.2019 6141
Joriy yilning 30-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida an'anaviy o'tkaziladigan "JIDUda Yevropa tillari kunlari" loyihasi doirasida "Siz Evropani qanchalik yaxshi bilasiz?" mavzusida Nima? Qaerda? Qachon? intellektual o'yini bo’lib o’tdi. Shuni ta'kidlash kerakki, universitetning Roman-German tillari kafedrasi ushbu tadbirlarning asosiy tashkilotchisi hisoblanadi. O'yinning maqsadi talabalarning intellektual va madaniy saviyasini oshirish, universitetda hozirda o'rganilayotgan evropa tillarining chegaralarini kengaytirish, hamkorlikda ishlash va talabalar o'rtasida bo'sh vaqtning mazmunli o’tkazilishini ommalashtirishdan iborat. O’yinda har biri 5 kishidan iborat o'ttiz ikkita jamoa ishtirok etdi.
Ikki soatlik intellektual kurash misli ko'rilmagan hayajon bilan o'tdi. Barcha bilimdonlar o'yin va muloqotdan bahramand bo’lishdi.