29.11.2019 7032

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida joriy o’quv yilining boshidan faoliyat yuritib kelayotgan “LEAD CLUB” talabalar guruhi, 26-noyabr kuni navbatdagi uchrashuvini o’tkazdi. Uchrashuvga mehmon sifatida Fond birjasi va kapital bozorlari bo’yicha yetuk mutaxassis, JIDU bitiruvchisi Asqar Abidov taklif etildi. Mazkur tadbirda talabalar fond birjasi va kapital bozorlari bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi. Uchrashuv so’nggida mazkur klubning an’anasiga binoan, mehmon eng qiziqarli va foydali deb hisoblagan o’quv adabiyotlari ro’yxatini talabalarga o’qish uchun tavsiya etdi. Adabiyotlar ro’yxati va uchrashuv audiosi klubning telegram kanali (@lead_club)ga joylashtirilgan.