04.06.2016 36578

Joriy yilning 3-iyun kuni poytaxtimizdagi G’afur G’ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida O’zbekiston ekologik harakati va Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25-yilligi va Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.

Iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlariga turli sohalardagi bo’lg’usi mutaxassislar e’tiborini jalb etish maqsadida Ekoharakat qator vazirlik va idoralar, tashkilotlar bilan hamkorlikda oliy o’quv yurtlari talabalari va magistrlari o’rtasida Global iqlim ozgarishiga moslashish boyicha eng yaxshi goya – 2015 - 2016” tanlovini o’tkazdi.

Mazkur tanlovda “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rinni Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi, Xayitboyev Sherzod Xamidullo o’gli qo’lga kiritdi. Unga faxriy diplom va Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan berilgan Pekin shahriga 6 kunlik sayohat qilish imkoniyati taqdim etildi.