18.11.2019 6360

JIDU haftaligi festivali Marafon bilan boshlanib, mantiq va tafakkurga asoslangan shahar bo'ylab kvest bilan davom etdi. JIDU rahbariyati yoshlarning sport bilan shug'ullanishi, kompyuter texnologiyalari va Internet bo'yicha bilimlarini oshirishi, ma'naviyatini yuksaltirishi va kitobxonlikning keng targ'ib qilinishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi.

Jami 25ta loyihani o'z ichiga olgan "UWED Week 2019" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus"ni amalga oshirishga qaratilgan. Haftalik 23 noyabrgacha davom etadi.