“Odam savdosi – hudud , chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida uchrashuv-suhbat o'tkazildi
25.05.2016 36100
2016 yil 20 may kuni universitetning majlislar zalida “Odam savdosi – hudud , chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida uchrashuv-suhbat o'tkazildi. Mazkur uchrashuvga O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professori A.Matchonov, Mirzo Ulug’bek tumani prokuror yordamchisi, 3-darajali yurist Sh.Inoyatov, universitet dotsenti R.Yusuvalievalar taklif etildi.
Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad, ishtirokchilarga mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurash va uni bartaraf ztish choralari to'g’risida ma'lumot berish, odam savdosiga qarshi harakatlar masalalari bo'yicha chet el davlatlari bilan tuzilgan qator shartnoma va kelishuvlar, “Odam savdosiga qarshi harakatlar to'g’risida”gi qonunning maqsadi, mohiyati va ahamiyati hamda boshqa ushbu sohaga tegishli bo'lgan qonunlar to'g’risida sharhlar berildi.
Uchrashuvda “Odam savodosiga qarshi xalqaro kurashlar”, “Odam savdosi – hudud , chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir”, “Odam savdosi – shaxsning huquq va erkinliklariga soluvchi xavf” mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
Ishtirokchilar, odam savdosiga qarshi samarali kurashda davlatlararo hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish kerakligi, bu borada bizning davlatimizda keng qamrovli ishlar olib borilayotganiga e'tibor qaratdi.
Shu bilan birgalikda, bizning hududimizga xavf soluvchi odam savdosiga va boshqa transchegaraviy jinoyatlarga qarshi kurashishda doimo ogoh va ziyrak bo'lish kerakligi, bu yo'nalishnda davlat organlari tomonidan o'zaro hamkorlik harakatlari kuchaytirilganligi ta'kidlab o'tildi.
23 may kuni shu mavzuda JIDU faollar zalida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Ma'naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’i Komilov Muzaffar Muratovich, Respublika Ma'naviyat-ma'rifat targ’ibot markazi bo'lim mudiri Ziyoda G’affarova va Toshkent shahar IIBB xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Murot Roziqovlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ma'ruzachilar o'z chiqishlarida ushbu mudhish jinoyatchilik bilan kurash muhim o'ringa egaligini ta'kidlab o'tdilar.
Mazkur uchrashuv respublika ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.