05.11.2015 40109

Joriy yilning 30 Oktabr kuni Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Univeristeti Xalqaro munosabatlar fakultetining Ingli tili kafedrasi hamda shu fakultetning 5-bisqich talabalari tomonidan “Dunyo migratsiyasi: muammo va oqibatlar” deb nomlangan konferensiya o’tkaildi.

Tadbirni ochib berish uchun so’z talabalarni ushbu tashabbusini qo’llab-quvvatlagan, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti rektori Abdumalik Jumanovga berildi.

Ushbu konferensiya tok-shou shaklida o’tkazilib, unda talabalar tomonidan turli xil mintaqadagi migratsiya va qochoqlar masalasini o’z ichiga oluvchi barcha muammolarni ko’tardilar va muhokama qildilar. Jumladan, Germaniyadagi migratsiya jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, Yevropa Ittifoqining qochoqlarga nisbatan siyosati, “intellektuallarning tark etishi” muammosi, BMTning qochoqlar bilan ishlovchi agentligi va boshqa muammolar ko’rib chiqildi.

Natijada, talabalar migratsiya va qochoqlar muammosini, hozirgi kundagi holatni izchil o’rgandilar, shu bilan birga, ular muammo hal etishda o’z bilimlarini ishga slogan holda tahliliy fikrlash doirasini kengaytirdilar.