JIDUda 2019-yil Fransiyada ta’lim olish uchun grant va stipendiya dasturlari namoyishi bo’lib o’tdi
01.02.2019 12036
31-yanvar kuni JIDUning fransuz tilini o’rganayotgan talabalari, magistr va doktorantlari ishtirokida ta’limiy grant dasturlarini o’z ichiga olgan “2019-yilda Fransiyada ta’lim” tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi qoshidagi “Campus France” agentligi xodimi, texnik loyihalar hamkorligi Koordinatori – janob Tomas Nadjar ishtirok etdi.
Tadbir universitetning xalqaro hamkorlik bo’limi va roman-german tillar kafedrasi hamkorligida tashkilllashtirildi.
Janob Nadjar O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 8–9-oktabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikda erishilgan natijalarning muhimligini alohida ta’kidlab o’tdi.
Koordinator talabalarga Fransiyada o’qishni davom ettirish haqida batafsil ma’lumot berdi, magistraturaga hujjatlarni topshirish tartibini tushintirdi va Nitsa, Bordo, Marsel, Strasburg kabi shaharlarda joylashgan nufuzli universitetlarda o’qish imkoniyatlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Uchrashuv davomida talabalarda Fransiyada ta’im olishga, ayniqsa, magistraturani davom ettirishga qiziqish uyg’ondi. Ularga Fransiya hukumati stipendiyasini qo’lga kiritish haqida batafsil ma’lumot berildi.
2019-yil mamlakatimizdan 6 nafar student yuqoridagi stipendiyani qo’lga kiritishlari mumkin. Hujjatlarni topshirishning oxirgi sanasi 16-fevral.
Fransiyada ta’lim to’g’risida batafsil ma’lumotni bu yerdan va Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Koordinator har chorshanba tushdan keyin Toshkent Fransuz Alyansida (manzil: Zulfiyaxonim ko’chasi,112) Fransiyada ta’lim olishni xohlovchi studentlarni qabul qiladi, ularni qiziqtirgan savollarga javob beradi.
Uchrashuv davomida mehmonimiz talabalarning barcha qiziqtirgan savollariga to’liq javob berdi. Koordinatorning tashrifi uchun minnatdorchilik bildiramiz.