Singapur Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Yuridik kollejining Singapur menejment universiteti (SMU) yordamidagi 2021-yildagi “Osiyoda xalqaro biznes va moliya huquqi magistri” nomli oʻquv dasturi
26.10.2020 4733
- Dasturning davomiyligi 12 oydan iborat.
- Oʻqish narxi – 28371 AQSH dollarini tashkil qiladi (oʻquv qoʻllanmalari narxini hisobga olmaganda).
- Turar joy narxi 6475 dan 20000 AQSH dollarigacha.
- Transport, tibbiy sugʻurta, oʻquv qoʻllanmalari bilan bogʻliq boshqa barcha turdagi harajatlar taxminan 3 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
- Xorijiy ishtirokchilar uchun “Jons Dey va Li fondlari” (Jones Day and Lee Foundation) ushbu kursga 70% gacha boʻlgan harajatlarni oʻz hisobidan toʻlashga yaʼni 4 ta grant-stipendiya ajratishga tayor.
https://law.smu.edu.sg/llm/fees-scholarships - Taʼlim grantida ishtirok etmoqchi boʻlgan xohlovchilar 2021-yilning 10-mayiga qadar onlayn tarzida roʻyxatdan oʻtishi shart. (https://publiceservices.smu.edu.sg).