30.01.2019 13137

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 1-stipendiya tanlovining 1-bosqichi boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish va belgilangan talablarga eng mos keladigan nomzodlarni dastlabki saralashni oʻtkazish jarayonlari yakunlandi. Shundan kelib chiqib, quyida keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar va aniq imtihon oʻtkazish vaqtlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinmoqda.

Saralash tanlovlarining 2-bosqichi 2019 yil 30, 31 yanvar hamda 1 fevral kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining binosida (Toshkent shahri, Kichik xalqa yoʻli, 17) tashkil etiladi.

Barcha keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlardan saralash tanlovlarida oʻz vaqtida yetib kelishlari va ishtirok etishlari talab qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5545 sonli Farmonining 4-ilovasiga muvofiq, amaldagi xalqaro sertifikatga ega
(B2 va undan yuqori daraja yoki IELTS balli 6 dan yuqori) nomzodlar ushbu bosqich imtihonlaridan ozod etiladilar.

Barcha xalqaro sertifikatga ega nomzodlar keyingi bosqich imtihonlariga kiritilishlaridan avval til bilish bilan bogʻliq xalqaro sertifikatlarini taqdim etishlari soʻraladi.

Eslatib oʻtamiz, nomzodlar bilimini baholash “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalariga nomzodlarni saralash tanlovini oʻtkazish jarayonida nomzodlar bilimini baholash Uslubiyoti”da keltirilgan. Mazkur Uslubiyot www.eyuf.uz manziliga joylashtirilgan.


Havola (yuklab olish uchun): Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun aniq imtihon oʻtkazish vaqtlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (PDF)


Tanlov komissiyasi
Tel.: 71 2030048
E-mail: info@eyuf.uz