27.07.2020 3631

2020 yil 27 iyul soat 10:00da, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Mediatsiya bo'yicha Singapur konventsiyasiga O'zbekiston Respublikasining qo'shilish maqsadga muvofiqligi" mavzusida onlayn davra suhbati bo'lib o'tadi.

Videokonferentsiyada O'zbekistonning Konventsiyada ishtirok etishining amaliy ahamiyati, shuningdek uning normalarini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Siz uchrashuvda quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin: https://bbb.uwed.uz/b/gul-9zp-2n6В