Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Oliy diplomatiya maktabi MBA (Master of Business Administration) dasturiga hujjatlar qabul qilishni boshlanganligini eʼlon qiladi
17.07.2019 12646
Oliy diplomatiya maktabining MBA dasturi “Xalqaro biznesni boshqarish: strategiya va amaliyot” mutaxassisligiga yoʻnaltirilgan. Ushbu dastur biznes strategiyalarni ishlab chiqish va uni boshqarish, biznesni rejalashtirishning zamonaviy innovatsion taʼlim modellariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Dastur korporativ boshqaruv texnologiyalari, moliyaviy va investitsion bozorlar, marketing, axborot tizimlarini tashkil qilish va boshqarish, brending, biznes-taxlil va informatika, xalqaro huquq, kadrlarni boshqarish sohalarida yangi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirishga qaratilgan.
Oʻquv modullari xalqaro bozorlar va biznes boshqaruvining ilgʻor tadqiqot usullariga asoslangan: miqdoriy (Quantitative Methods), muammoli vaziyatlarni hal qilish (Situation & Problem solving), maʼlumotlarni tahlil qilish (Data interpretation), koʻp tanlov (multiple choice), tahliliy yozuv (Analytical writing) va boshqalar.
Dastur doirasida talabalarga maxsus loyihalar taklif etiladi:
- “Yetakchilik maktabi” loyihasi muzokaralar olib borish, qarorlar qabul qilish, jamoa boʻlib ishlash, omma oldida nutq soʻzlash, muloqot va taqdimot qilish qobiliyatlari, ishbilarmonlik tarmogʻining yuqori darajasini yaratish va qoʻllab-quvvatlash, tinglovchilarda strategik fikrlash va boshqaruv asoslarini rivojlantirish, hamkorlik asoslarini tushunish va biznes modellarini rivojlantirishni optimallashtirish kabi koʻnikmalarni rivojlantirishga moʻljallangan.
- “Xalqaro neft va gaz biznesi” loyihasi global, mintaqaviy va milliy darajalarda energetik siyosati va energetik xavfsizlik asoslarini kengroq oʻrganish, tahlil qilishning miqdor va sifat usullarini oʻzlashtirish va qoʻllash kabi koʻnikmalarga qaratilgan.
Oʻqish shakli
Ish faoliyatidan uzilmagan holda, muddat 2 yil yoki 4 semestr Vaqtinchalik ish muddati 2 yil yoki 4 semestr va attestatsion loyihani himoya qilish.
MBA dasturi uchun auditoriya soatlarining xalqaro standarti 400 kalendar soat (535 akademik soat) ni tashkil qiladi. Dasturning eng kam umumiy davomiyligi 1600 akademik soat mustaqil ishni tashkil qiladi.
Oʻqish narxi – yiliga 32 440 790 soʻm (19.06.2019).
Dasturga qabul qilinadigan nomzodlar uchun quyidagi talablar mavjud:
- Bakalavr darajasi yoki uning ekvivalenti
- 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasi
- Chet yoki ingliz tilini oʻzlashtirganlik darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat:
- IELTS – har bir komponent boʻyicha 6 balldan past boʻlmagan natija
- TOEFL –220 CBT dan kam boʻlmagan natija
Hujjatlar qabuli 2019-yilning 10-avgustgacha.
MBA dasturi uchun tanlov jarayoni
- Roʻyxatdan oʻtish
- Bakalavr diplomi nusxasi
- Tavsiyanoma (2 tadan kam emas)
- IQ-test
- Motivatsion xat
- Belgilangan mavzuda esse
- Suhbat
Oliy diplomatiya maktabi MBA dasturi - kelajakda xalqaro biznes sohasida oʻsish va professional muvaffaqiyatga erishish uchun ishonchli tramplin.
Qabul komissiyasi manzili: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi qoshidagi Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54, Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi, 100007.
Tel.: +998998512031, +998712670830, +998712683113