06.07.2017 27012

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq o‘qishni ko‘chirish va o‘qishga tiklash masalalari bo‘yicha murojaat etayotgan talabalarga hududlar doirasida zarur qulayliklar yaratish maqsadida, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha hududiy Ishchi guruh hujjatlarni joriy yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar har kuni 900 dan 1700 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba - 900 dan 1500 gacha) Toshkent davlat pedagogika universitetida qabul qiladi.