18.02.2019 11995

Mamlakatimiz yoshlari oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish, bu borada yoshlarning tushunchalarini kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Respublika narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi aʼzolari oʻrtasida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash” tezkor profilaktik tadbirini oʻtkazishqoʻshma-rejasi asosida shu yilning 18 fevral kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Yoshlar — narkotik va giyohvandlikka qarshi” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi, Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi, Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish markazi, Toshkent shahridagi taʼlim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari xamda malakali psixologlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida mazkur oylik davomida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilinib, salbiy illatlarni oldini olishda innovatsion loyihalar hamda yoshlar bilan ushbu yoʻnalishda individual ishlashning dolzarb vazifalari hamda chora-tadbirlari toʻgʻrisida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi.

Yoshlar oʻrtasida mazkur salbiy illatlarga qarshi birgalikda kurashish va oldini olish maqsadida tadbirda ishtirok etayotgan mutaxassis yoshlar ishtirokida oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalarida jamoatchilik asosida “Mobil” va “Profilaktika” jamoatchilik guruhlarini shakllantirish toʻgʻrisida kelishib olindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.