"Xalqaro huquq" fakulteti professor-o'qituvchilari uchun "Ta'limda zamonaviy yondashuv" mavzusida mahorat-darsi o'tkazildi
13.11.2018 9954
2018-yil 13-noyabr kuni "Xalqaro huquq" fakulteti professor-o'qituvchilari uchun Toshkent davlat yuridik universiteti "Davlat huquqi va boshqaruvi" kafedrasi katta o'qituvchisi Aliyeva Kamola Ravshanovna va o'qituvchi Kosimov Botirjon Ma'rufjon o'g'li tomonidan "Ta'limda zamonaviy yondashuv" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.
Mashg'ulot turli savol-javoblar va ta'lim sifatini oshirish yuzasidan fikrlar almashinuvi hamda interfaol tarzda o'tkazilgani qatnashchilarda amaliy tajriba va ko'nikmalarni boyitdi.