04.06.2019        12961

Mamlakatimiz yoshlari oʼrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish, bu borada yoshlarning tushunchalarini kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Shu oʼrinda 2019-yil 4 iyun kuni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti TTJ da istiqomat qiluvchi talabalari orasida “Yoshlar — narkotik va giyohvandlikka qarshi” nomli profilaktik suxbat oʼtkazildi.

Davra suhbatida XM fakulteti dekan muovinlari, JIDU tibbiy xamshirasi, TTJ direktori, tarbiyachilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida mazkur oylik davomida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilinib, salbiy illatlarni oldini olishda innovatsion loyihalar hamda yoshlar bilan ushbu yoʼnalishda individual ishlashning dolzarb vazifalari hamda chora-tadbirlari toʼgʼrisida fikr-mulohazalar oʼrtaga tashlandi.

Yoshlar oʼrtasida mazkur salbiy illatlarga qarshi birgalikda kurashish va oldini olish maqsadida jamoatchilik asosida “Mobil” va “Profilaktika” jamoatchilik guruhlarini shakllantirish toʼgʼrisida kelishib olindi.