05.02.2019 9128

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzuridagi 2018 yil 24 oktabr kuni oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 917-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, 1 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor o’qituvchilari Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 191-umumta’lim maktabida trening o’tkazishdi. Ushbu trening “Matematik modellashtirish va axborot texnologiyalarining diplomatiyadagi o’rni” mavzusida bo’lib o’tdi. Mavzu bo‘yicha bo‘lib o‘tgan savol-javoblar  tadbirning yanada qiziqarli o‘tishiga sabab bo‘ldi.  Tadbir so‘ngida savol-javoblarda faol qatnashgan maktab o‘quvchilarga  esdalik sovg’alari topshirildi. Tashkil etilgan qiziqarli trening uchun maktab direktori, professor A.Rasulov, dotsenlar D.Akobirxodjayeva, U.Dalaboyev hamda dekan muovini S.Tillaxodjayevalarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.