“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari “O’zekspomarkaz”da “Tashabbus-2018” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi jarayonida tashkil etilgan ko’rgazmada ishtirok etishdi
17.11.2018 9382
“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari “O’zekspomarkaz”da “Tashabbus-2018” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi jarayonida tashkil etilgan ko’rgazmada ishtirok etishdi.
Talabalar tanlov davomida respublika bo’ylab “Yoshlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyihachi”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Yilning eng yaxshi mahsuloti” va “Eng mas’ulyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyalari bo‘yicha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli natijaga erishgan hamyurtlarimiz mehnat mahsullaridan bahramand bo’ldilar.
Shuningdek, tanlovda viloyatlarda islohotlar natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilayotgani, fermerlar faqat dehqonchilik bilan emas, balki o‘zlari yetishtirayotgan mahsulotlarni qayta ishlayotgani, milliy hunarmandchilik yildan-yilga rivojlanib borayotgani haqida ta’kidlandi.
O’tkazilgan tanlov barcha ishtirokchilar va taklif etilgan mehmonlarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi.