14.11.2018 9598

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 5 kurs talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida joriy yilning 14 noyabrida “Diplomatik va konsullik huquqi” fani doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamentining 3-kotibi Zikrullo Nazirov tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida konsullik huquqi va konsullik faoliyatining amaliy ahamiyati” mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

Ushbu mahorat darsida Oʻzbekiston Respublikasi konsullik faoliyatining amaliy jihatlariga asosiy urgʻu berilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar hamda amaliy tajriba va koʻnikmalarga egaboʻldilar.