Qadrli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchi va xodimlari, aziz talabalar!
23.09.2021 1763
Barchangizni Universitetimiz tashkil topganining 29 yilligi bilan bilan chin dildan muborakbod etaman.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oliy oʻquv yurtlari orasida alohida oʻrin va nufuzga ega. Universitetimiz minglab Oʻzbekiston yoshlarining orzusiga aylangan, mazkur dargoh bitiruvchilarining yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi halol va samarali mehnatlari doimo eʼtirofda.
Universitet oʻz bitiruvchilari bilan har qancha faxrlansa arziydi, zero ular orasida oʻnlab elchilar, davlat organlarining rahbarlari, turli sohalar yetuk mutaxassislar yetishib chiqqan.
Bugungi kunda universitetimiz taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro trendlar asosida oʻz faoliyatini qayta koʻrib chiqmoqda.
Biz oʻz oldimizga taʼlim sifatini va universitet nufuzini yanada oshirish bilan Oʻzbekistonda kechayotgan islohotlar jarayoniga hissa qoʻshish maqsadini qoʻyganmiz va shu maqsad yoʻlida birgalikda harakat qilamiz degan umiddaman.
Universitetimizning mavqeini oshirish, yanada ravnaq topishi uchun sizlar bilan muloqotga tayyormiz, bu boradagi har qanday oqilona tashabbus va takliflarni qoʻllab-quvvatlaymiz.
Barchangizni yana bir bor qutlugʻ sana bilan tabriklayman!
Sodiq Safoyev,
Oliy Majlis Senatining birinchi o‘rinbosari,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori