O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-629-son Qonuni mazmun-mohiyati “Xalqaro huquq” fakulteti talabalariga yoritib berildi
16.09.2020 2266
“Xalqaro huquq” fakulteti 2-kurs talabalariga Jinoyat huquqi va Ma’muriy huquq fanlari doirasida respublikamizda qonunchilikda amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishtirib borish hamda fan doirasida tegishli sohalarda amalga oshirilgan o’rgartishlarni joriy etilayotganligi xususida ma’lumotlar berib borish tizimi joriy qilingan.
Chunonchi, 2020-yil 21-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-629-son Qonunining mazmun-mohiyati ushbu fanlar doirasida talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi va mazkur qonunchilikdagi o’zgartishlar yuzasidan talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.