08.05.2019        10989

Prezidentimizning “Xotira va kadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda turli tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Mazkur sana munosabati bilan JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan tadbirla faol ishtirok etib, shu bilan birga mexnat faxriylari holidan xam xabar olishdi. Oʻtmishsiz kelajak yoʻq deganlaridek. Bugun yurtimizda keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan hurmat va ehtirom zamirida ham tarixga boʻlgan eʼtibor mujassamdir. Zero, ular mehnati va mashaqqati, jasorati bilan biz bu kunlarga yetib keldik.