15.11.2018 9443

“Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Codex” advokatlik firmasi advokati Alisher Akmalov tomonidan “O’zbekiston Respublikasida sud islohotlari konsepsiyasi” mavzusida mahorat darsi o’tkazildi.

Mahorat darsi davomida mutaxassis tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustovor vazifalardan kelib chiqadigan mamlakatimizdagi sud-huquq islohotlari borasida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mahorat darsiga O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi advokatlarining tashrif buyurishgani tadbirni yana mazmunan boyitdi.

Tadbir davomida talabalar tashrif buyurgan O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi advokatlaridan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.