06.04.2023 601

Xalqaro munosabatlar fakulteti universitet talabalari o‘rtasida “Yangi Konstitutsiya: O‘zbekiston taraqqiyot paradigmasining o‘zgarishi” mavzusida insholar tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov “Bakalavriat talabalari o‘rtasida eng yaxshi insho” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

– Insholar tanlovida JIDUning barcha fakultetlari talabalari ishtirok etishlari mumkin;

- mustaqil ravishda bitta (hammualliflikka yoʻl qoʻyilmaydi) muallif tomonidan chop etilmagan asl materiallar qabul qilinadi;

- Tanlovga taqdim etilgan ishlar mantiqan berilgan mavzuga mos kelishi kerak. Plagiatga yoʻl qoʻyilmaydi;

- Insholar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;

- Ijodiy ishlar hajmi 1200 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak;

- Tanlovga har bir ishtirokchidan faqat bitta ish yuborilishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun insho 2023-yil 20-aprel soat 23:59 gacha konkursesse_2023@mail.ru elektron manziliga yuborilishi kerak.

Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin – 2.0 mln so‘m;

2-o‘rin – 1.5 million so‘m;

3-o‘rin – 1.0 mln so‘m.