29.01.2022 1225

Universitet jamoasi Oʻzbek va rus tillari kafedrasi dotsenti Normatova Shoira Umarovnaga padari buzrukvorlari - Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor, katta adabiyotshunos olim Umarali Normatovning vafoti bilan chuqur taʼziya va samimiy hamdardlik bildiradi.

Ustozning ilmiy faoliyatida realizm masalalari, XX asr oʻzbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchilikning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, A.Qodiriy, Sh.Xolmirzayev, P.Qodirov, Oʻ.Hoshimov kabi ijodkorlarning asarlari bilan bogʻliq masalalar muhim oʻrin egalladi.

Bir kator kitoblar, jumladan,  “Nasrimiz ufqlari”, “Qalb inqilobi”, “Qodiriy bogʻi” , “Umumbaxsh tamoyillar”, “Qahhorni anglash mashaqqati”  kabi ijod mahsullari bilan adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk olim, kuchli pedagog, jonkuyar inson Umarali Normatov olijanob insoniy fazilatlari bilan hammamizga oʻrnak boʻla oldi.

Ustozning oxiratlari obod boʻlsin.