10.02.2020 5019

Universiada – 2020 Toshkent shahar bosqichida g`olib bo`lgan talabalar universiada respublika final  bosqichiga yo`l olishadi. Respublika final bosqichiga yo`llanma olishni o`zi bir baxt, shuni eslab o`tish lozimki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan 3 nafar talaba shahar bosqichida g`olibligni qo`lga kiritdilar  va umumjamoa hisobida 1- orini egalab respublika final bosqichiga yo`llanma sohibiga aylandilar. Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida badminton sport turi bo`yicha Universiada-2020 respublika final bosqichi bo`lib o`tdi. Bu har yili o’tkaziladigan musobaqa. U O’zbekistonning barcha universitetlarning talabalari o’rtasida bo’ladigan va turli-tuman sport yo’nalishlarida olib boriladigan musobaqadir . Bu yilgi Universiada-2020, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 27-yanvardan to 30-yanvargacha davom etdi va o’zining tartib-intizomi, sportchilarning kuchli tayyorgarligi va adolatli o`yinlari bilan ajralib turdi

Bizning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan 3 nafar talaba badminton sport turi bo’yicha ushbu musobaqada o`z mahoratlarini ko`rsatishdi. Ulardan Urazbayeva Sayyora Shodiho’jayevna, Bakirov Bunyodbek Bahromjon o’g’li va Odilov Ilyos Jamilovich. Ular ushbu kunlarni o’ziga o’xshash, bilimga chanqoq va sportga befarq bo’lmagan yoshlar bilan birga o’tkazdilar. Ular birinchi o’rinlarni olmaganlaridan qat’iy nazar, barchalari o’z natijalaridan xursand bo’lib, o`zlariga kerakli bo`lgan malaka va ko`nikmalarga ega bo`ldilar. Bunday o`tkazib turiladigan Universiadalarda yoshlarimiz qatnashib, Vatanga bo`lgan muhabbati ortib bormoqda va O`zbekiston bayrog`ini Xalqaro Universiadalarda ko`rishni o`zlariga bosh maqsad qilib qo`yishmoqda.