22.12.2020 3459

Universitetning tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilari 2020-yil 22, 23, 24-dekabr kunlari quyidagi tartibda monitoring oʻtkaziladi:

  1. 23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari va 07.00.05 - Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi ixtisosliklari uchun 2020-yil 22-dekabr, soat 14.00da, “B” bino, 203 xona (Rektorat)da;
  2. 12.00.10 - Xalqaro huquq, 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi va 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosliklari uchun 2020-yil 23-dekabr, soat 14.00da, “B” bino, 203 xona (Rektorat)da;
  3. 08.00.09 - Jahon iqtisodiyoti va 08.00.13 – Menejment ixtisosliklari uchun 2020-yil 24-dekabr, soat 14.00da, “B” bino, 203 xona (Rektorat)da.

JIDU tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni monitoringdan oʻtkazuvchi ishchi guruh tarkibi:

  • K.Karimov - rektor, ishchi guruh raisi;
  • G.Ismailova - prorektor, ishchi guruh raisi oʻrinbosari;

Tadqiqotchi faoliyati samaradorligini oʻrganish mezonlari bilan quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom”ning 6-bobida tanishib chiqishingiz mumkin:

https://lex.uz/docs/3213410